Nimrang, Sherbandi, Anguri Kalon

Nimrang, Sherbandi, Anguri Kalon — o’rtacha kechpishar, xo’raki mahalliy uzum navi. O’zbekiston va Tojikistonda ko’p tarqalgan. Qozog’iston, Qirg’iziston, Qrim, Dog’iston va boshqa joylarda ham ekiladi. Tupi kuchli o’sadi. Bargi o’rtacha (14-17 santimetr), sal to’garak yoki 5 bo’lakli, kam kertikli, chetlari yuqoriga qayrilgan. Guli bir jinsli (funktsional urg’ochi). Uzum boshi yirik (bo’yi 20-22 santimetr, eni 12— 15 santimetr), vazni 550-600 gramm (ba’zan 1 — 1,5 kg gacha), keng konussimon yoki cho’ziq. G’ujumlari yirik, asosan, dumaloq, kungay tomoni qizg’ish, shirin va sal nordon, karsillaydi. Tarkibida 22-25% qand, 5-6% kislota bor. Sentabr boshlarida to’liq pishadi. Changlovchi nanlar (Pushti Toifi, parkati, Saperavi va boshqalar) bilan aralash ekib, novdalari uzun kesilib (tupida 300-400 kurtak), yaxshi parvarish qilinsa gektaridan 250-300 ts hosil beradi. Uzoq joylarga jo’natishga, saqlashga chidamli.