Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti
Neft va gaz konlari geologiyasi va razvedkasi instituti — Toshkentdagi yirik ilmiy tadqiqot markazi. 1959 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya va geofizika in-stitutining neft geologiyasi va geokimyosi bo’limi hamda Butunittifoq neft geologiyasi va razvedkasi ilmiy tadqiqot institutining filiali asosida tashkil etilgan. 1969 yildan O’zbekiston Geologiya vazirligi (1991 yildan Geologiya va mineral resurelar davlat qo’mitasi) tarkibida bo’lgan. 1995 yildan “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi kotiba. Institutdagi barcha ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, 23 laboratoriya va sektorni birlashtirgan 6 ta bo’lim: regional geologiya va tektonika, neft va gaz konlari geologiyasi, geofizika, neft va gaz geokimyosi, neft va gazli cho’kindi jinslar formasiyasi, neft va gaz konlarini parmalash bo’limlarida olib boriladi. Bulardan tashqari, institut qoshida metodikatajriba partiyasi ham mavjud bo’lib, chuqur va o’ta chuqur neft konlarini burg’ilash texnikasi va texnologiyasi ustida ish olib boradi. Neft-gaz uglevodorodlarining paydo bo’lishi va tarqalish qonuniyatlari ham o’rganiladi. 1970-71 yillarda SSSRda birinchi bo’lib tabiiy sharoitlarda neft va gaz uglevodorodlarining paydo bo’lishi qonuniyatlari tajribaviy modeli ishlab chiqildi. Institut olimlari tomonidan neft va gaz konlari istiqboliga bag’ishlangan fundamental asarlar, tavsiyanomalar yaratildi. Xorijiy investorlarga O’zbekistondagi neft-gaz zaxiralarini ilmiy asoslab berish ishlari amalga oshirilmoqda. Institutni tashkil qilishda va uning ilmiy yo’nalishlarini belgilashda olimlardan O. M. Akramxo’jayev, A. G. Boboev, O. A. Rijkov, Sh. D. Davlatov, I.S.Starobines, A. K. Karimov, U. J. Mamajonov, A. K. Rahimov va boshqa salmoqli qissa qo’shganlar. In-stitutda 120 ga yaqin ilmiy xodim faoliyat ko’rsatadi (2003). Shulardan 1 akademik, 9 fan Doktori, 4 professor, 22 fan nomzodi, ular orasida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Neftchi (A. R. Xo’jaev), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Geolog, Davlat mukofoti laureati (A. T. Ibrohimov), faxriy ixtirochi (A. V. Kirshin, Z. S. Ibrohimov), birinchi kon kashfiyotchisi (A. Sh. Ibrohimov) unvonlariga ega bo’lganlar bor. Institut xodimlaridan O’. J. Mamajonov, M. K. Turobovlar burg’ilashda ishlatiladigan yangi (Ko-4) eritmani kashf etishdagi xizmatlari uchun Beruniy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati bo’ldilar (1970).