AXILL
AXILL, Axilles (Axilles) — yunon afsonalarida Troya urushi davrida Troyani qamal qilgan “Iliada”qahramonlari ichida eng botiri. Dengiz ma’budasi Fetida o’g’li Axillni o’lmaydigan qilish uchun tovonidan ushlab, Stiksning muqaddas suviga botirib olgan, shu tariqa Axillning suv tegmay qolgan tovoni zaif muchasi bo’lib qolgan. Parisning mo’ljallab otgan o’qi Axillning tovoniga tegib, uni halok qiladi. “Axilles tovoni”, ya’ni zaif joy iborasi shundan paydo bo’lgan. Axillning eng yorqin obrazi “Iliada”da berilgan. Axill shaxsini ulug’lash elida, Sparta, Shimoliy Qora dengiz bo’ylari va boshqa joylarda keng yoyilgan.