Planetariy
Planetariy (lot. planeta — say- yora) — 1) astronomik hodisalar (yul- duzlar osmonining ko’rinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyo- ralarning ko’rinma harakati, er sun’iy yo’ldoshlarittt harakati; Quyosh va oy tushiliishari va b.) ni maxsus ekranda ko’rsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz ko’rinishida bo’ladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni P.da bir necha min. mobay-nida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik P. 1924 y. “Karl Tseys” firmasi z-dida (Germa- niya) yaratilgan. 20-a. 70-y.larda “Karl Tseys” xalq korxo-nasi (GDR) P.ning 3 modelini ishlab chiqargan. P. appa- ratlari AQSh (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va b. mamlakatlarda ishlab chiqariladi; 2) astronomiya, kosmonavti- ka va er haqidagi fanlarga oid tadbir- lar o’tkaziladigan madaniyma’rifiy muassasa. P.da astronomiya, geodeziya, Geo- fizika va kosmonavtikaga doyr ma’ruza- larni o’qish mumkin. Birinchi P. 1925 y. Myunxenda qurilgan. Toshkentda P. 1963 y. hoz. AB-dulla Qodiriy nomidagi mada- niyat va istirohat bog’ida qurilgan, 2003 y. P.ning yangi binosi ishga tushiridtsi.