Planimetr

Planimetr (lotincha planum — tekislik va Yunoncha metreo — o’lchayman) — to’g’ri shaklli bo’lmagan yassi shakllar yuzasini aniqlash uchun mo’ljallangan mexanik asbob. Eng keng tarqalgan Planimetrning asosiy qismlari: hisoblash mexanizmi va shakl qiyofasini chizib chiqadigan shtifli dasta (richag). Planimetrning qutbiy, chiziqli va radial xillari bor. Qutbiy Planimetrda shtift aylana, chiziqli Planimetrda to’g’ri chiziq va radial Planimetrda nuqta bo’yicha harakatlanadi. Ba’zi tur integ-rallarni topish uchun ishlatiladigan Planimetr ham bor. Planimetr geometriyada, loyihalash ishlarida, harbiy ishda, geodeziya va geofizika sohalarida ishlatiladi.