BOLGARLAR

BOLGARLAR — xalq, Bolgariyaning asosiy aholisi (7,85 million kishi) (1992). Ukraina (234 ming), Moldaviya (88 ming), Rossiya (32,8 ming) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni 8,45 million (1992). Bolgar tilidya gaplashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi Islom dinida. Bolgarlarning etnogenezida frakiyaliklar, Bolqon yarim oroliga 6-7-asrlarda ko’chib kelgan slavyanlar hamda Qora dengiz bo’yi dashtlaridan Asparux boshchiligida kelgan qadimgi turkiy elat bulg’orlar asosiy rol o’ynaganlar. 8-9- asrlarda slavyan va bolgar (bulgor) etnik guruhlari bir-biri bilan yaqinlashib, tili va madaniyati slavyan bo’lgan bolgar elati tashkil topdi. Bolgarlar Run, polyan, Bolqon, shon kabi etnik guruhlarga bo’linadi.