SAN-TOME

SAN-TOME — San-Tome va prinsipi davlati poytaxti. San-Tome orolining shim.Sharqiy qismida. Aholisi 93,4 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Atlantika okeani sohilidagi port (chetga banan, kofe, kakao, palma moyi va kokos yong’og’I chiqariladi). Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, aeroport bor.