Sana

Sana (Arabcha — yil) — yil, oy va kun hisobini anglatuvchi atama. Biror hodisaning sodir bo’lgan kalendar vaqtini bildiradi. Tarixiy yozuvlarda, jumladan, kitoblar, hujjatlarda hodisa ro’y bergan vaqt Sana sifatida belgilanadi. Ibtidoiy davrlarda Sana hisobini olib borishga ehtiyoj bo’lmagan. Jamiyat taraqqiy etishi bilan dehqonchilik, chorvachilik va dengizda suzish ishlari vaqt hisobini aniqroq olib borishni talab qildi. Vaqt o’lchov birligi qilib tabiiy hodisa, ya’ni Epmmr o’z o’qi atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketgan vaqt — sushka olindi hamda uzoq vaqtlar hisobini olib borish uchun kalendar vujudga keldi.