Sana o’zgaradigan chiziq

Sana o’zgaradigan chiziq – Yer yuzasida 180° li meridian orqali o’tkazilgan shartli chiziq. Bu chiziqdan g’arbdan sharqqa o’tilsa, ertasiga ham o’sha sana (kun) hisoblana beradi. Agar sharqdan g’arbga o’tilsa, bir kun tashlab hisoblanadi. Masalan, 25 mart kuni g’arbdan sharqqa o’tilsa, ertasi kuni 26 mart emas, 25 mart bo’ladi. Agar sharkdan g’arbga o’tilsa, 26 mart tashlab yuborilib, 27 mart deb hisoblanadi.