Sano

Sano — Yaman davlati poytaxti. Mamlakatning g’arbiy qismida, 2400 m balandlikdagi vodiyda joylashgan. Aholisi 450 ming kishi (1998). Iqlimi tropik iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 13,7°, iyulniki 21°. Yillik yog’in 600 mm gacha. S. — mamlakatning savdotransport va sanoat markazi. Avtomobil yo’li orqali Ho’dayda porti (qizil dengiz), Adan va Makka sh.lari b-n bog’langan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. To’qimachilik, qurolaslaha, mebel, ta- maki, oziq-ovqat, tsement, poyabzal kor- xonalari bor. S. — hunarmandchilikning yirik markazi: zargarlik va uyro’zg’or bu- yumlari, gazlama va b. ishlab chiqariladi. Shahar 1-a.dan ma’lum. 5-6 a.lardan Yamanning siyosiy markazi. O’rta asrlar- da S. Orqali muhim savdo yo’llari o’tgan. 7-a. o’rtalaridan 9-a. o’rtalarigacha Arab xalifaligi noiblarining qarorgohi, 9-a. o’rtalaridan 11-a.gacha mustaqil dav- lat poytaxti. 1546— 1628 va 1871-1911 y.larda Turkiya qo’l ostida bo’lgan. 1918— 62 y.larda Yaman kirolligi, 1962-90 y.larda Yaman Arab Respublikasi, 1990 y.dan boshlab Yaman Respublikasi poy- taxti. Me’moriy yodgorliklardan shahar ko’rg’oni, jome alkabir masjidi, kar- vonsaroylar saqlangan. 1982 y.dagi zil- zilada shahar kuchli zarar ko’rgan.