San-Martin (San Martin) Xose de
San-Martin (San Martin) Xose de [1778.25.2, Yapeyu, Korrientes provin- tsiyasi — 1850.17.8, Bulon (Frantsiya)] — Jan. Amerikadagi ispan mustamlaka- larida mustaqillik uchun olib borilgan urush (1810-26) rahbarlaridan biri, Argentina milliy qahramoni, general, And armiyasi bosh qo’mondoni. Argen- Tina, Chili va Peru hududlarini ispan mustamlakasidan ozod qilgan. Peruning birinchi hukumatini boshqargan (1821— 22). Mamlakatning iqtisodiy va harbiy holatini mustahkamlovchi islohotlar o’tkazgan.