Sandon
Sandon — qizdirilgan metallga ishlov berish (bosqon va bolg’a b-n urib yoyish, cho’zish, bukish, qirqish va h.k.) da uning ostiga qo’yiladigan temir kunda. Asosan, temirchilik, miskarlikda ish- latiladi. Shakli va kattaligi xar xil bo’ladi. Temirchilik Si katta, chorqirra, tepa qismi keng bo’lib, aksariyat yo’g’on yog’och kundaga (g’o’laga) o’rnatiladi. Unga po’lat yoki temirning kattaroq bo’laklarini qo’yib bolg’alanadi, usti- da ketmon, belkurak, omoch tishi (poza), tesha, bolta, o’roq, pichoq kabi asboblar yasaladi. Miskarlikda tumshukli S. ishlatiladi. Bunday Sda, ko’pincha mis idishlar tuzatiladi, pardozlanadi, te- kislanadi. S.ning zargarlik, soatsoz- lik, tunukasoalik va b. sohalarda ish- latiladigan xillari ham bor. S. pishiq po’latdan yasaladi.