SANDIQLI CHO’LI

SANDIQLI CHO’LI – O’zbekistonning Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Turkmanistonning Le- bap viloyati hududidagi qumli cho’l. S.ch. Qizilqumningjan. davomi. Shim.da Qorako’l vohasi, shim.Sharq va Sharqda Qarshi Dashti va Qashqadaryo vohasi, g’arbda Amudaryogacha pasayib boradi. G’arbdan sharqqa 50-70 km, shim.dan Jan.ga 70-90 km ga cho’zilgan. Bal. 200— 300 m. Er yuzasining tuzilishi har xil, katta qismini eol relef shakllari: qum tepalar, do’ng qumlar, qum tekislikla- ri, barxanlar egallagan bo’lib, ularning uzunligi, eni, balandligi turlichadir. Cho’lda tubi sho’rxok va takirlar b-n band tovoqsimon botiklar, shuningdek, qir, qum massivlari, platosimon tepaliklar, quruq o’zanlar uchraydi. To’rtlamchi davr qum, gil va shag’alli yotqiziklaridan tu- zilgan. Qir va tepaliklarda bur, Pale- ogen, neogen davrlari tog’jinslari er yuzasiga chiqib qolgan. Amudaryoga yaqin qismida siljib yuruvchi barxanlar bor. Iklimi keskin kontinental, iyul- ning o’rtacha t-rasi 28-31°, yanv.niki -1,4°. Yillik yog’in 120-160 mm. Cho’lda bo’zqo’ng’ir, taqir, qumli, sho’rxok, och bo’z tuproklar tarqalgan. O’simliklardan saksovul, quyonsuyak, Qandim, sho’ra, shuvoq, efemerlar usadi. Hayvonlardan kaltake- sak, ilonlar, qum sichqonlari, jayran, tulki, bo’ri, qo’shoyoq, yumronqoziq va b. uchraydi. S.ch.dan bahorgi va yozgi yaylov sifati- da foydalaniladi. Gaz, neft zaxirala- ri va sho’rxoklarda shifobaxsh balchiqlar bor.