AVIAL
AVIAL, aviatsiya alyuminiysi — bolg’alanadigan alyuminiy qotishmasi. Tarkibida magniy (0,45—0,9%), kremniy (0,15-1,2%), mis (0,2-0,6%), marganes (0,15-0,3%) (yoki shuncha miqdordagi xrom), temir (ko’pi bilan 0,5%) bor. Bolg’alash va shtamplash yo’li bilan undan samolyot va vertolyot qismlari tayyorlanadi. Avial juda plastik, o’rtacha mustahkam, zanglamaydi, toblab ishlangandan keyin mustahkam bo’lib qoladi.
O‘xshash so‘zlar
- Avial
- AVIAMODEL
- AVIAMODELCHILIK
- AVIATRASSA
- AVIATSIYA
- AVIATSIYA ASBOBLARI
- AVIATSIYA ASTRONOMIYASI
- AVIATSIYA DVIGATELI











