ALIFMOY

ALIFMOY — o’simlik moylari va alkid smolalaridan olinadigan modda. Alifmoy sariq rangda nolcha ranggacha bo’lgan shaffof suyuqlik bo’lib, yog’och va metallga yaxshi surkaladi, havoda astasekin qotib yupqa elastik parda hosil qiladi. O’simlik moylaridan olinadigan Alifmoy tabiiy (tarkibida moy miqdori 100%), aralash (tarkibida moy miqdori 70-75%) va yarim tabiiy (tarkibida moy miqdori 50— 55%) xillarga; alkid smolalaridan olinadigan Alifmoy gliftalli, pentaftalli va ksiftalli (tarkibida moy miqdori 50%) xillarga bo’linadi. Tabiiy Alifmoy gruntovkalar, shpaklevkalar, bo’yoqlar tayyorlashda, yog’och va g’ovak materiallar sirtiga shimdirishda, aralash quyuq moyli bo’yoqlarni suyultirishda, alkidli Alifmoy moyli bo’yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.