Qanjir

Qanjir — qo’ng’irlar turkumiga mansub qush. Osiyo va Yevropaning o’rta va Janub o’lkalarida, Afrika, Avstraliya va uning atroflaridagi orollarda tarqalgan. O’zbekistonda Qanjir daryo, ko’l va boshqalar suv havzalarida yashaydi. Suvo’tlardan suvda qalqib turuvchi uya yasaydi. 4-5 ta tuxum qo’yadi. Turli xil suv hayvonlari bilan oziqlanadi.