Qanliko’l

Qanliko’l — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qanliko’l tumanidagi shaharcha (1982 yildan), tuman markazi. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Oltinko’l (1 kilometr). Qanliko’ldan Nukusgacha 90 kilometr. Aholisi 10,6 ming kishi (2005). Shaharchada paxta tozalash, g’isht zavodlari, avtokorxona, qurilish korxonalari, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. 1 qo’shma, shuningdek, kichik, o’rta biznes va yirik korxonalar, 2 shirkat korxonasi ishlab turibdi. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa, sport maktablari, sanoat-transport kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, stadion, tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatadi. Qanliko’ldan Nukus, Qo’ng’irot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.