Vakuum lampa

Vakuum lampa — ichidagi havosi so’rib olingan, ikki va undan ko’p elektrodli (katod, anod va to’rli) lampa; tashqi muhitdan gaz o’tkazmaydigan keramika, shisha yoki metall qobiq bilan ajratilgan bo’ladi. Masalan, triod, oktod, pentod va elektron asboblar Vakuum lampa hisoblanadi. Vakuum lampa radiotexnika va hisoblash texnikasida keng qo’llaniladi. Amaliy mikroelektronikaning rivojlanib borishi natijasida elektr-vakuum lampalarning qo’llanish doirasi ancha chegaralanib qoldi. Vakuum lampa o’rnida juda ko’p afzalliklarga ega bo’lgan integral mikrosxemalar va maxsus texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan asboblar keng ishlatiladi. Keyingi yillarda vakuum mikrosxemalar yaratish sohasida yirik ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.