ABEL (Abel) Nils Genrik kim bo’lgan?
ABEL (Abel) Nils Genrik (1802.5.8 — 1829.6.4) — norveg matematigi. Abel 5 darajali umumiy tenglamalarning radikallardagi echimlarini tekshirib, darajasi 5 va undan yuqori bo’lgan harfiy umumiy tenglamalarning radikallarda echimi yo’qligini isbotladi. K. Yakobi bilan bir qatorda elliptik funktsiyalar nazariyasiga asos soldi. Abel keyinchalik o’z nomi bilan atalgan integrallarni tekshirdi. Matematikada ko’p tushunchalar Abel nomi bilan yuritiladi. Masalan, Abel guruhi, Abel almashtirishi, Abel qatorlari va hokazolar. Funktsiyalar nazariyasi, funktsiyalarni interpolyasiyalash nazariyasi, funktsional tenglamalar va sonlar nazariyasida Abel sezilarli iz qoldirgan.
O‘xshash so‘zlar
- ABELIYA haqida nimani bilasiz?
- ABELYAR (Abelard) Per kim bo’lgan?
- ABEOKUTA haqida nimani bilasiz?
- ABERDIN haqida nimani bilasiz?
- ABERDIN-ANGUS QORAMOL ZOTI
- ABERRATSION VAQT haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA haqida nimani bilasiz?
- ABERRATSIYA, biologiyada haqida nimani bilasiz?











