AMIRI SHIKOR
AMIRI SHIKOR, ov amiri -Turkiston xonliklarida saroy mansabi. Ma’lumki, ov hukmdorlar hayotida muhim o’rin tutgan. Amiri shikor xon va sultonlar ovlarini tashkil qilib turishi lozim bo’lgan. Shikorgoh atrofidagi qishloqlarning aholisi o’z oti, qurol-aslahasi bilan kelib, xon va sultonlarning ov qilishiga yordam berishini va undan tashqari ularni qo’nib qolganlarida qo’nar joy, oziq-ovqat bilan ta’min etishni tashkil qilish Amiri shikor zimmasiga yuklangan.
O‘xshash so‘zlar
- AMIRI
- AMIRIY
- Amiriddin
- AMIRI LASHKAR
- Amiri shikor, ov amiri
- Amiri
- Amiri lashkar deganda nimani anglaysiz?
- Amiri shikor (miri shikor) deganda nimani anglaysiz?











