GIDROFOBIYA
GIDROFOBIYA (gidro… va Yunoncha phobos —cho’chish, qo’rqish), suvdan cho’chish —qo’rquv holati; bemorga bir qultum suv ichirilsa, suv ko’rsatilsa yoki suv eslatilsa, uning yutish muskullari tortishib qoladi, u qattiq cho’chib tushadi va og’riq sezadi. Quturish, qoqshol, isteriyada kuzatiladi. Davosi: asosiy kasallik davolanadi, asabiy-ruhiy qo’zg’alishni bosadigan dorilar buyuriladi.
O‘xshash so‘zlar
- Gidrofobizirovka
- Gidrofobiya, suvdan qo’rqish nima degani
- Gidrofon
- GIDROFTALM
- Gidrogenerator
- Gidrogenlash
- Gidrogeologik kesim, gidrogeologik Profil
- Gidrogeologik qidiruv va razvedka











