GRASIAN FLAVIY
GRASIAN FLAVIY (Flavius Greatianus) (359.18.4, Sirmiy — 383.25.8, Lugdunum) — Rim imperatori (367-383). 367 yildan otasi Valentinian I (364-375) bilan birgalikda Rim imperiyasining g’arbiy qismini boshqargan. Xristian dinining tarafdori bo’lgani uchun majusiy kohinlarni daromad va imtiyozlardan mahrum qilgan. 382 yil Senatdan majusiylik ramzi — Zafar mehrobini olib tashlash haqida farmon bergan. 378-yildan alemannlar va gotlarga qarshi urush olib borgan.
O‘xshash so‘zlar
- Grass (Grass) Gyunter
- GRAUVAKKA
- Gravimetr
- Gravimetriya
- GRAVITASION ANOMALIYA
- Gravitasion boyitish
- Gravitasion doimiy
- GRAVITASION TRANSPORT











