Magnit rezonans

Magnit rezonans – moddaning ma’lum bir uzunlikdagi elektromagnit to’lqinlarni tanlab yutishi. Bunga sabab — elektronlar yoki atom yadrolarining magnit momentlari o’z yo’nalishini o’zgartiradi. Moddalarning turi va xususiyatlariga kura, M. r. hodisasi, asosan, 4 ga bo’linadi: yadroviy M. r. (to’lqinlar amplitudasining kuchli kattalashishi), elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans va antiferromagnit rezonans; a) yadroviy M. r.da elektromagnit to’lqinlarning yutilishi (nisbatan juda kuchsiz yutilishi) radiochastotali magnit maydoni ta’siridagi kuchli o’zgarmas magnit maydonida kuzatiladi. Atom yadrosi magnit “tashuvchi” bo’lib xizmat qiladi va xossalari ko’rilayotgan hodisaning rezonansligini belgilaydi; b) radiochastotali elektromagnit maydon energiyasining paramagnit moddalarda tashqi magnit maydon ta’sirida rezonans yutilishi elektron paramagnet rezonansdir; v) turli chastotali ikki o’zgaruvchi elektromagnit maydonning modsaga bir vaqtda rezonans ta’sirida juft rezonans hodisasi ro’y beradi. Paramagnit kvant kuchaytirgichlarning ishi shu hodisaga asoslangan, ferromagnit rezonans ferromagnitlardagi electron M.r. deb ham ataladi. Ferromagnit modda o’ziga xos magnitlanish xususiyatiga ega, ya’ni ferromagnitda tashki magnit maydon yo’q holda ham ichki magnit maydon bo’ladi. Ferromagnit modda elektronlari o’rtasidagi ta’sir kuchlari shunchalik katta bo’ladiki, hatto issiklik harakati natijasida elek-tronlar spinining harakat yo’nalishi ham o’zgarmaydi. Bu hodisaga, asosan, o’ta yuksak chastotali asboblar (ferrit generatorlari va kuchaytirgichlari) yasaladi; g) antiferromagnit rezonans elektromagnit energiyaning antiferromagnitda rezonans yutilishidir. Bu hodisa yuksak chastota diapazoni (odatda, mm li to’lqinlar diapazoni) da kuzatiladi. Antiferromagnit rezonans hodisasini kuzatishda radiospektroskoplardan foydalaniladi.