Misr yozuvi

Misr yozuvi — mil. AV. 4ming yil- likdan to mil. 3-4 a.gacha qadimgi Misr tili uchun xizmat qilgan so’z-bo’g’inli yozuv tizimi. Uning dastlabki asosini 500 dan ortiq ieroglif (belgirasm) tash- kil etgan bo’lib, ular tasavvuriy holda muayyan tushunchalar b-n bog’lanib, tu- shunchalarni so’zlarda ifodalaganlar. Bu davrdagi yozuvda, asosan, undoshlar ifo- dalanib, unlilar ixti-yoriy qo’llangan. Keyinchalik, mil. AV. 2-ming yillikdan boshlab M.yo.ning ieratik (muqaddas) turi yaratildi. Unda ierogliflardan ham ma’lum darajada foydalanilgan bulsada, so’zlarni yozishda fonetik ma’- no va o’xshashliklarga e’tibor beriladi, asosan, tez yozish ko’zda tutiladi. Mil. AV. 7-a.dan boshlab ieratik yozuv asosida M.yo.ning yangi tez yozuv usuli — demotika (xalqona tez yozuv) ishlab chiqildi. Demo- tik yozuvda belgilar anchagina soddalash- tirilib, bir necha undoshni ifodalovchi belgilar kamaytirilib, ularning o’rniga bir undoshni ifodalaydigan belgilar qo’llana boshlagan. Demotik M.yo. mil. 3-4-a.largacha qo’llanib kelgan.