Muhitdinov Mamajon

Muhitdinov Mamajon (1927.5.5, Namangan — 2002.8.2, Toshkent) — shaxmat bo’yicha Markaziy Osiyodagi birinchi sport ustasi (1956), 4 marta O’zbekiston^ (1952,1954, 1957, 1965) chem- pioni, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy (1965), xalqaro toi-fadagi hakam (1986). Toshkent t.y. transporta muhandislari in-tini tugatgach (1949), t.y. boshqarmasida muhandis (1949-60), respublika o’quvchilar saroyi va mamla- kat shaxmat terma jamo-asida katta mu- Rabbiy (1960-71). Uzbekiston FA Tarix in-tida il- miy xodim (1971-81). O’zbekistonda shaxmat madaniyati tarixi mavzusida tadqiqotlar olib borgan. Shaxmat naza- riyasi va uslubiyatga bag’ishlangan dars- lik, ommabop kitoblar ezdi, tarjima qildi. “Do’stlik” ordeni b-n mukofot- langan (1997). Asarlari: “Sharq — shaxmat vatani”, “Uzbekistonda shaxmatchilik”, “a’za- movlar sulolasi”, “ot o’ynatib, fil surib”, “kataklarga yashiringan olam”, “Aql mo”jizasi”, “Sohibqiron dona surganda” va b.