Muhitdinov Abdulqodir

Muhitdinov Abdulqodir (1892, Buxoro — 1934.1.6, Toshkent) — Buxo- rodagi jadidchilik harakati namoyanda- si, siyosat arbobi. Boshlang’ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasi- da o’qidi. Otasi yirik savdogar Mir- za Muhitdin Mansurov ilk jadid gaz. «Buxoroyi sharif»ni moddiy jihatdan ta’minlab turgan, yangi usul makta- blariga homiylik qilgan. M.ning ilk maqolalari Orenburgdagi «vaqt» gaz.da e’lon qilingan (1910). Buxoroda 1917 y. aprel namoyishi- ayan keyin yo’sh buxoroliklar partiyasi MKga a’zo bo’ldi. Kolesov voqeasshxsh keyin Samarqand, Toshkent, Moskvada muhojirlikda yashagan. Turkiston mu- sulmonlari byurosi a’zosi (1919-20). «Qu-tulish» gaz. muharriri (1920). Bu- xoro inqilobiy ko’mitasi raisi, BXSR deqqonchilik noziri (1920-21). BXSR ning dastlabki Konstitusiyasini ish- lab chiqishda qatnashgan, Buxoroda ersuv islohoti o’tkazilishi tashkilotchilari- dan biri. M. BXSR ning xorijiy mam- lakatlar b-n Rossiya vositachiligisiz mustaqil aloqa o’rnatish, bosqinchi qizil armiyani olib chiqib ketish, xalq mili- tsiyasi singari milliy armiya tuzishni qat’iy talab qilgan. 1921— 24 y.larda BXSR savdo va sanoat vaziri, Buxoro Xalq xo’jaligi Oliy kengashi raisi, bu- xoro iqtisodiy kengashi raisi, BXSR nozirlar sho’rosi raisining 2-muovini lavozimlarida ishlagan. O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o’tkazilib, O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil qilingach, M. Tojikiston ASSR Xalq Komissarlari Soveta raisi qilib tayinlandi (1925-29). Tojiki- ston SSR tuzilgach, u Uzbekiston SSR ta’minot Xalq Komissarligida ishladi. 1933 y. 21 avg.da sovet rejimi tomoni – dan M. qamoqqa olinib, unga «burjua millatchisi» tam-g’asi yopishtirildi va 1934 y. 1 iyunda otib tashlandi. Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tari- XI uchun materiallar, M., 1926; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga karshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.