Muhr

Muhr — yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi to’liq yozilgan matnning (matn va rasmning) qabariq yoki botiq tasviri bo’lgan bosma shakl (asbob). Krg’oz, surg’uch, mum va b. materiallarga nusxa tushirishga xizmat qiladi. M. nus- xasiga shtamp nusxasidan farkli o’laroq tuzatishlar va qo’shimchalar qilish mum- kin emas. Ayrim xillari gerb muhri deb atalgan ko’rinish hosil qilib, davlat gerbi tasviri bo’lgan yumaloq shaklda bo’ladi. O’tmishda M.ning sopol, mis, po’lat, bronza, kumush, oltindan qilingan xillari ham bo’lgan. Shakli to’rtburchak, doyra, ellipssimon va h.k. Qadimda O’rta Osiyodagi har bir e’tiborli odam, eshon, muftiy, qozi, Amir, xonlarning o’z M.i bo’lgan. M. yuzasiga egasining nomi, man- sabi va yasalgan yili qayd etilgan. Muhr — kitobga egalik belgisi (q. Ekslibris).