Nikopol jangi
Nikopol jangi – Bolgariyaning Nikopol shahri yaqinidagi jang (1396.25.9). Sultan Boyazid boshchiligidagi turk armiyasi (taxminan 200 ming askar) bilan Venger qiroli Sigizmund qo’mondonligidagi salibchilar qo’shini (taxminan 70 ming askar; frantsuzlar, italyanlar, inglizlar, ispanlar, chexlar va boshqalar) o’rtasida bo’lgan. Salibchilarning mag’lubiyati bilan tugagan. Bu g’alaba natijasida Turkiya Bolqon yarim orolidagi hukmronlik mavqeini mustahkamlab olgan.
O‘xshash so‘zlar
- Nikopol
- Nikosiya, Lefkosiya
- Nikotin
- Nikotin kislotasi
- Nikson (Nixon) Richard Milxauz
- Nikulin Yuriy Vladimirovich
- Nil
- Nil






