Rafael kim?

Urbinoda dunyoga kelgan Rafael Santi (1485-1520) Perujinoning shogirdi edi, va shuning uchun ham dastlabki asarlarida ustozining ta’siri sezilib turadi. Keyingi yillarda esa u florentsiyalik badavlat kollektsionerlarning buyurtmalariga ko’ra portretlar va diniy mavzudagi kartinalar yaratadi. Uning shuhrati e’tirof etilgach baravj o’sib bordi, va u 1508 yilda Papa Yuliy II tomonidan da’vat etilgach Rimga ko’chib keldi. Rimda, ehtimol, Mikelanjeloning Sikstin kapellasi peshtohidagi naqshlari ta’siri ostida, biroq, shak-shubhasiz, insonparvarlik g’oyalariga to’yingan Papa saroyi madaniy muhitining ta’siri ostida uning uslubi o’zgaradi. Yuliy II dan olingan buyurtmalar sharofatidan Rafael Rim badiyat olamidagi eng nufuzli shaxslardan biriga aylanadi. Ijodining dastlabki yillarida Rafael tomonidan yaratilgan asarlar orasida florentsiyalik bir savdogarning buyurtmasiga binoan yaratilgan “Madonna sa’va paloponi ila” kartinasi diqqatga sazovardir. Uning ijodida Rim davridan oldingi, Florentsiya davri asarlariga nisbatan olganda shubhasiz o’zgarishlarni Mikelanjelo ta’siriga oid deb bilish odat tusiga kirgan. Ancha keyinroq yaratilgan: “Afina maktabi”, “Bahs”, “Tobutdagi maqom”, “Evrilish”, “Sikstin madonnasi” singari kartinalarini dunyoga keltirgan kuch-g’ayrat Rafaelning buyuk iste’dodiga xos nekbinlik va qudratni aks ettiradi.