Rashmor tog’idagi siymolarni kim yaratgan?

Amerikada Janubiy Dakotaning Qoratog’ida Rapid Sitidan 40 km janubi-g’arbda nihoyatda maroqli diqqatga sazovar maskanlardan biri mavjuddir. U Rashmor tog’idagi Milliy Memorialdir. U Amerikaning to’rtala Prezidenti: Jorj Vashington, Tomas Jefferson, Avraam Linkoln va Teodor Ruzveltlar xotirasi sharafiga atab tiklangan. To’rtovining bahaybat tasviri balandligi 1745 metrga yetadigan granit qoyada taroshlangan. Har bir yuzning o’lchami engakdan peshonagacha — 18 metr bo’lib, Buyuk Sfinksnikidan ikki barobar kattadir. Asar amerikalik haykaltarosh Gatson Borglum tomonidan yaratilgan. Borglum — Amerika san’ati rivojiga qiziqqan ijodkor edi. Uning xuddi shuningdek quyidagi asarlari ham ancha-muncha dong chiqargandir: Linkolnning Vashington shahridagi bahaybat kallasi, general Sheridan haykali, Nyu-York shahri Ayo Ioann jome’sida o’n ikki hovariyning figuralari. Borglum Rashmor tog’idagi asarini 1927 yilning avgustida boshlagan. Birinchi bo’lib Vashingtonning siymosini 1930 yil 4 iyulida tugallagan. 1941 yilning 6 martida esa Borglum vafot etadi. Memorialni yaratish yuzasidan ishlar tag’in shu yilning oktyabriga qadar uning o’gli Linkoln tomonidan davom ettiriladi. Shunday bo’lsa hamki, oxirgisi, Teodor Ruzveltning yodgorligi tugallanmasdan qolgan. Asar yaratila boshlanishi va uning yakunlashi oralig’ida 14 yil o’tadi. Umumiy bahosi salkam 1 million dollarni tashkil etadi. Federal hukumat bu bahodan 84 foizini to’ladi. Qolgan mablag’lar xususiy shaxslardan olindi.