Restoran qachon vujudga kelgan?

Siz, ehtimol, taomni faqat mazali bo’lishi uchun pishiradilar, deb o’ylarsiz. Chindan ham bu narsa organizm ovqatni yaxshi o’zlashtirishi uchun yordam beradi. Taomning pishirilishi shuningdek bizning sog’ligimizni muhofaza qiladi, chunki bunda bizga zarar keltiradigan bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar yo’q qilinadi. Volidamiz qanchalik mazali taom pishirmasin, baribir, ba’zida bizning restoranga borgimiz kepqoladi (albatta, aqcha yetsa). Va faqat tag’inam totlirog’idan tatib ko’rish uchungina emas. Muhimi — havo almashtirish va odamlar bilan gurunglashish. Restoran har doim ham bo’lmagan. Kishilar ko’ngil yozish, ichish va balkim, nimadir yeyish uchun to’planadigan tavernalar-yemakxonalar mavjud edi. Londonda bunday muassasalar xo’jalik do’konchalari deb atalgan. Avvaliga bu do’konchalarning xizmatchilari mijozlar o’zi bilan birga olib keladigan go’shtni pishirishardi. Keyinchalik ular o’z mahsulotlaridan tayyorlashga o’tishdi. Bu narsa endi restoranni esga soladigan bo’ldi. Bunday xo’jalik do’konchalari XII asrga qadar mavjud bo’lgan. Londondagi taverna har kuni tayyorlangan taomlarni muayyan soatlarda tanavvul hilish mumkin bo’lgan dastlabki dargohga aylandi. Ko’pincha bunday tavernalar klublarga aylanib ketar edi. Bu narsa XV asrda ro’y beradi. XVI asrning o’rtalarida mol-davlati turlicha shaharliklarda uyda emas, balki tavernada ovqatlanish odati paydo bo’ldi. Ko’pchilik tavernalar bir shilling va kamrog’iga taomlar taklif etishardi. Bunday tushliklar tarkibiga sharob va hatto el (Britaniyadagi pivo navi) ham kirar edi. Tavernalar mashhur zotlar uchrashadigan joyga aylandi. Shekspir Londondagi «Mermeyd» tavernasining shinavandasi bo’lgan. 1765 yili Londonda qovoqxonalar ham paydo bo’ldi. Bu yerda o’sha zamonlarda yangilik sanalgan, g’alati bo’lgan narsalar — kofe, choy, shokoladni ham uchratish mumkin edi. Ba’zida qovoqxonada ko’ngilni to’q saqlaydigan boshqa taomlardan tanavvul qilishning imkoniyati bor edi. 1765 yilda Bulanje degan bir zot Parijda xushxo’r gazaklar va tayyor taomlar sotiladigan muassasa ochadi. U bu muassasani restoran deb ataydi. O’shanda bu so’z ilk daf’a ishlatilgan edi. Muassasaning ishlari yurishib ketadi, tabiiyki, tez orada unga o’xshashlari ham ko’plab ochila boshlaydi. Restoran hisqa vaqt oraligida butun Fransiya bo’ylab keng tarqaladi. «Restoran» so’zi Angliyada XIX asr oxirlariga qadar ishlatilib kelingan. Qo’shma Shtatlardagi dastlabki restoran 1683 yili Filadelfiyada ochilgan. U «moviy langar» deb atalar edi.