Oshxona anjomlari qachon paydo bo’lgan?

Insonning qaysi usulda ovqatlanishi uning sivilizasiyalashganlik darajasini tavsiflaydi. Qadim zamonlardan beri ovqatlanish qulay bo’lishi uchun har xil moslamalar ixtiro qilindi. Qoshiqni eslatuvchi anjom hali tosh asrdayoq mavjud bo’lgan. Bundan ming yillar ilgari misrliklar yog’ochdan, toshdan, fil suyagidan qoshiq yasashni ixtiro qilishganini va ulardan foydalanishganini hamma biladi. Yunonlar va rimliklar bronza va kumushdan yasalgan qoshiqlarni tutishgan. Ulardan aksariyatgi ajoyib va chinakam san’at asarlaridir! O’rta asrlarda suyak, yog’och, metallarni qoshiq tayyorlashda qo’llashar, badavlat odamlar esa kumushdan yasalgan qoshiqlardan foydalanishni o’zlariga ep ko’rishardi. Pichoqlar va sanchqilar ham qadim zamonlardan taomilga kirgan. Ba’zi birovlar dastlabki sanchqilar dandanali tayoqchadan iborat bo’lgan deyishsa, boshqalar uning vujudga kelishini kamon bilan bog’lashadi. Dastlabki haqiqiy sanchqi uzun, ikkita dandanasi bo’lgan va taom tayyorlashda, xususan go’shtni qovurayotganda juda-juda asqotar edi. Sanchqi yemak stolida faqatgina miloddan keyin paydo bo’ldi. Ammo hali 300 yil ilgari ham stol ustidagi pichoqlar va sanchqilar o’rinsiz va kulguli tuyular edi. Angliyada ular juda siyrak uchrardi. Fransiyada esa ovqatni XVII asrga qadar qo’l bilan yeyishgan. Pichoq bir tomoni charxlangan suyak yoki toshning bo’laklaridan vujudga kelgan. Bu anjom odamzotning dastlabki ixtirolaridan biri bo’lgan. Pichoqning dasturxon ustida paydo bo’lganidan buyon taxminan 300 yil o’tdi. Qadimgi odamlarni qurshab turgan Aslan tabiiy buyumlar ularga idish-tovoq o’rnida xizmat qilgan. Masalan, keng yaproq likopcha o’rnini bosgan, idish-tovoqlar ichi bo’shatilgan qovoqdan yasalgan, yarim pallaga ajratilgan koks yong’og’i jom o’rnida ishlatilgan. Odamlar idish-tovohlar yasay boshlaganida kastryullar, jomlar va likopchalar paydo bo’la boshladi. Ko’p hollarda ular shakl va bezaklariga ko’ra nihoyatda nafis bo’lgan. Ulardan aksariyati bizga qadar saqlangan — antik Yunoniston, Rim va Misr vazalari, jomlari va idish-tovoqlari — san’at durdonalaridir.