Robotlar qachon paydo bo’lgan?

Robotlarni yaratish fikri muhandislik fikri mavjud bo’lganidan buyon xayollarni egallab keladi. Biroq «robot» so’zining o’zi muhandislar tomonidan emas, balki Chex adibi Karel Chapek tomonidan ilk bor o’ylab topilgan. U 1920 yilda «R.U.R.»fantastik romanida bu iborani ilk bor tilga olgan. «Robot» so’zi inson o’rnida ishlaydigan mexanizm ma’nosini anglatadi. Robototexnikaning eng yuksak yutug’i deb androidlarni — odam o’rnini bosadigan elektromexanik nusxani atash mumkin edi. Biroq inson miyasining bajaradigan vazifalari shu qadar murakkab, inson faoliyatini tartibga solish yo’llari shu qadar chigalki, odamzotning eng ibtidoiy nusxasini yaratish rejasi ham xayol qilib bo’lmas darajada behudadir. Shu boisdan ham olimlar atigi inson xatti-harakatlarini qisman takrorlay oladigan mashinalar va asbob-uskunalarni yaratishgagina muvaffaq bo’ldilar. Robotlar keng oqimi ishlab chiqarishda og’ir va bir zayldagi jismoniy mehnatni bajara oladigan vositalar sifatida keng qo’llaniladi. Robotlarni insonning bevosita ishtirokining iloji bo’lmagan yoki uning hayoti uchun xavfli bo’lgan sharoitlarda foydalanish samaralidir. So’nggi paytlarda robotlar protez qurilmalarini tayyorlashda keng qo’llanilmoqda. Hozirning o’zida inson mehnatining mahsuli bo’lgan muskulli biotoklar orqali boshqariladigan mexanik qo’llar amalda qo’llanilmoqda. Bajariladigan operatsiyalar tasavvur qilinsa, bas — mexanik qo’llar o’z-o’zidan harakatga tushadi. Olimlar robototexnikaning kelajagi porloq ekanligini ta’kidlamoqdalar. Aftidan bu soha kompyuter texnikasi sohasidagi kashfiyotlar bilan uzviy bog’liq holda rivoj topadi. Ehtimol, u paytlarda bizning gaz plitasi oldida turishimiz va uyni yig’ishtirishimizga hojat qolmasa kerak.