Rentgen nurlarini kim kashf etgan?

Rentgen nurlari tarixi boshlanganiga ham 1000 yildan oshib qolganligini bilasizmi? XIX asr o’rtalarida Genrix Geysler degan odam elektr zaryadi yuqori kuchlanish ostida trubkadagi vakuum orqali o’tganida g’oyat go’zal yorug’lik silsilasi paydo bo’lishini kashf etdi. Oradan biroz vaqt o’tib, ser Uilyam Kruks bu yorug’lik silsilasining sababi elektrlashgan zaryadlar ekanligini isbotladi. Shundan keyin Genrix Gers bu nurlar oltin va platinaning yupqa qatlamlaridan ham o’tishini dalilladi. Uning shogirdi Lenard oltin va platina moddalaridan «oyna» yasagach, nurlar trubkadan ochiq havoga chiqa oladigan bo’ldi. Shunday qilib, biz haqiqiy ma’nodagi rentgen nurlariga yaqinlashdik. 1895 yilda Vilgelm rentgen xuddi shunday trubkalardan birida, faqat «oyna»siz, tajriba o’tkazdi. Tajriba paytida yaqin yonma-yon turgan bir necha kristallar birdan yorug’lik bilan nurlanganini payqadi. Rentgen (katod nurlari deb atalgan) avval kashf etilgan bu nurlar oyna orqali o’tib, bunday nurlanishni hosil eta olmasligini avvaldan yaxshi bilar edi. Shu sababli u bu nurni «nurning yangi turi» deb taxmin etdi. Boshqa nurlardan va quyosh nuridan farqlanuvchi bu ko’z ilg’amas nurni tushuntirish oson emas edi, shu sababdan rentgen uni X-nur, ya’ni kelib chiqishi noma’lum nur, deb ta’rifladi. Keyinchalik esa olimlar uni «rentgen nuri» deb atadilar. Rentgen nurlari rentgen trubkasida olinadi. Trubkadan esa havoning katta qismi so’rib tashlangan. Unga ikkita elektrod birkitilgan va elektronlar ularning biridan (katoddan) ikkinchisiga (anodga) qarab harakatlanadi. Volframdan yasalgan kichkina shchit-sipar bu nurlarninng oqimini birdan to’xtatadi. Elektronlar energiyasining katta qismi issiqlikka aylanadi, biroq ulardan ayrimlari rentgen radiatsiyasi tarzida nurlanadi. Rentgen nurlari narsalarning «tanasi» orhqali sizib o’tadi, chunki ular g’oyat qisqa to’lqinli nurlardir. Nurlar to’lqini qancha qisqa bo’lsa, ularning sizib o’tuvchanlik qobiliyati shu qadar kuchlidir.