Rang nima?

Yorug’lik nurini shisha prizma orqali o’tkazib, Isaak Nyuton Quyosh yorug’ligi har xil ranglardan iborat bo’lishini isbot qildi. Quyosh nuri prizmada sinib, sprktr — nurlar taramini hosil qiladi. Spektr 6 yoki 7 xil rangdan iborat ekanligini ko’pchilik biladi, lekin priborlar uning 100 dan ortiq jilolarini ajratib ko’rsata oladi. Oq rang «birlamchi ranglar» deb nom olgan uchta asosiy rangdan bittasini tashkil etadi. Qolganlari — to’q sariq — qizil, yashil va binafsha — ko’k ranglardir. Spektrda yana uchta, oddiy ko’z bilan ko’rsa bo’ladigan oraliq ranglar bor. Ular «ikkinchi darajali ranglar» sanaladi. Bular nimyashil — moviy, sariq va qirmizi — qizil ranglardir. Ikkinchi darajali ranglarni boshqa xil bo’yoqlar bilan aralashtirib olishadi. Ranglar — inson ko’zi qabul qiladigan to’lqin uzunliklariga mos keladi. Hashoratlar va hayvonlar boshqacha to’lqin uzunliklarini qabul qiladi va boshqacha ranglarni ko’radi. Yorug’lik va rang to’lqinlari judayam qisqa to’lqinlarga egadir. Bo’yoqlarga qo’shimcha rang berish uchun yorug’lik ranglariga mos kelmaydigan boshqa bo’yoqlar qo’shiladi. Bo’yoqdagi ikkinchi darajali yorug’lik birinchi darajali ranglarga mos keladi. Boshqacha aytganda, bo’yoqdagi birinchi ranglar — bu, sariq, yashil — ko’k va qizil ranglardir, ikkinchi darajali ranglar — to’q sariq — qizil, yashil va binafsha — ko’k ranglar. Jilo — bu qora yoki oq bo’yoq qo’shilmasdan o’z-o’zicha namoyon bo’ladigan ranglardir. Masalan, sariq, qizil, ko’k, yashil shunday ranglar hisoblanadi. Ularga oq yoki boshqacha tovlanuvchi ranglar qo’shilsa, masalan, pushtirang yoki filsuyakrang kabi nimtus tovlanuvchi ranglar paydo bo’ladi. Sof tovlanuvchi, masalan, qora va oq ranglar qo’shilsa, tus vujudga keladi. Bu — och sariq — jigarrang, qaymoqrang, qo’rg’oshinrang kabilardir. Qizil bo’yoq shisha banka ichiga qo’yilsa, qora rang bo’lib tuyulishi mumkin. Yorug’lik nurlari yo’q yerda — rang ham yo’q. Qorong’i xonada biz ranglarni ajrata olmaymiz, chunki ularning o’zi yo’q. Predmetning rangi shu predmet yasalgan materialga va unga tushgan yorug’likka bog’liq. To’q sariq — qizil sviter xuddi shu rangda tovlanishining sababi shuki, terini bo’yashga yorug’lik nurining tarkibidagi to’q sariq — qizil jilolarni aks ettiradigan hamda binafsha — ko’k va yashil ranglarni yutadigan bo’yoqlar ishlatilgan.