Omonova Hamroxon
Omonova Hamroxon (1918.20.2, Navbahor tumani — 1996.26.9, Kattaqo’rg’on sh.) — O’zbekiston xalq artisti (1981), 1945-96 yillar A. Majidiy nomidagi Kattaqo’rg’on teatrida aktrisa. Asosiy rollari: Oysara, Xolcha (K.Yashin, «Gulsara», «Nurxon»), Maysara, Hoji ona (Hamza, «Maysaraning ishi», «boy ila xizmatchi»), Fotima (S.Jamol, «Foti-ma Sabriy»), Adolat (uyg’un, «Parvona»), Xosiyat xola (I.Sulton, «Imon»), Bo’ston xola (A.Qahhor, «Ayajonlarim»), Farmonbibi (S.Ahmad «Kelinlar qo’zg’oloni»), Qumri (O’. Umarbekov, «qarg’alar uchsa qaraylik»), sunbul (H. G’ulom, «ajab savdolar») va boshqalar.