Omonova Ominaxon Ergashevna

Omonova Ominaxon Ergashevna (1957.21.8, Andijon tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutini tugatgan (1977). 1977 yildan Andijon shahridagi 27-maktabda tarix o’qituvchisi, 2001 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti qoshidagi kuygan-yor akademik litseyida huquqshunoslik fani o’qituvchisi. Yosh avlodga bilim berishda turli metodik qo’llanmalardan foydalanadi. Maktabda fan kabineti tashkil etib, zamonaviy o’quv qurollari bilan jihozlagan.