Ontario

Ontario — AQSh va Kanadadagi ko’l, Buyuk ko’llar tarkibida. Maydoni 19,5 ming km2. Uzunligi 310 kilometr, kengligi 90 kilometr, eng chuqur joyi 236 metr. Ontarioga Niagara daryosi quyiladi va shimoliy Lavrentiy daryosi oqib chiqadi. Ontario AQSh va Kanadaning ichki rayonlarini Atlantika okeani bilan bog’lovchi muhim suv yo’li. Uellend kanali orqali yeri ko’li bilan tutashgan. Dekabrdan aprelgacha muzlaydi. Ontario bo’yida Toronto, Gamilton, Rochester shaharlari joylashgan.