Ommaviy qirg’in qurollaridan mudofaa

Ommaviy qirg’in qurollaridan mudofaa — qo’shin, aholi va mamlakat xalq xo’jaligi ob’yektlarini dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik qurollari ta’siridan himoya qilishda qo’llaniladigan chora-tadbirlar kompleksi. Bunda individual himoya vositalari, transheyalar, maxsus jihozlangan pana joylardan foydalaniladi, epidemiyaga qarshi va boshqa tibbiy tadbirlar, dezaktivatsiya, degazatsiya hamda umumdavlat mudofaa tadbirlari ko’riladi.