Omdurman
Omdurman — Sudandagi shahar. Oq Nil daryosi bo’yida (uning ko’k Nilga qo’shilish joyida). Aholisi 230 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Xartum va Shimoliy Xartum shaharlari bilan birlashib yirik aglomeratsiyani tashkil etadi. Savdo-transport markazi (chorva, teri, matolar bilan savdo qilinadi). To’qimachilik, teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Islom universiteti, Milliy teatr, Maxdi Muhammad Ahmad maqbarasi bor.
O‘xshash so‘zlar
- Omin
- Ommabop musiqa
- Ommaviy qirg’in qurollari
- Ommaviy qirg’in qurollaridan mudofaa
- Ommaviy qo’shiq
- Ommetr
- Omnibus
- Omo…











