Onanizm

Onanizm (Bibliyadagi personaj onan nomidan), masturbatsiya — shahvoniy hisni qondirish maqsadida jinsiy aloqasiz erogen sohalar va jin siy a’zolarni sun’iy ta’sirlab yoki ruhan tasavvurlash yo’li bilan shahvoniy hisni qo’zg’atib orgazm — shahvoniy lazzat olish. Onanizm, asosan, balog’atga etish davrida ko’proq kuzatiladi va haqiqiy jinsiy hayot boshlanishi bilan barham topishi mumkin. Haddan tashqari tor ichki kiyim kiyilganda ham jinsiy a’zolar ta’sirlanadi, pornografik filmlar, suratlar, erotik raqslar, o’yinlar, filmlar, hikoyalar, tush ko’rishlar va shu mazmundagi kitoblarni o’qish, jinsiy aloqalar mavzusida so’zlashish Onanizmga bahona bo’lishi mumkin. Onanizm odat tusiga kirib qolganda salbiy oqibatlarga olib boradi. Yuqorida keltirilgan sabablar bartaraf etilsa, bu odat asta-sekin barham topadi. Bundan tashqari, o’smirlarda Onanizmning rivojlanishiga yordam beradigan kasalliklar (ekzema, gijjalar, ayniqsa, ostritsalar va qabziyat) ni yo’qotish ham ijobiy natija beradi. Onanizm oligofereniya, psixopatiya, shizofreniya va ruhiy kasalliklarda ham uchrashi mumkin. Onanizmning oldini olish uchun o’spirinlar har kuni toza havoda sayr qilishlari, badan tarbiya va foydali mehnat bilan shug’ullanishlari lozim.