Omonqo’ton g’ori
Omonqo’ton g’ori — muste davriga oid g’or. Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Omonqo’ton qishlog’idan 2 kilometr Sharq tomondagi Bulbulzorsoyning baland sohilida joylashgan. Arxeolog D.N.Lev tekshirgan (1947— 57). 2 ta madaniy qatlam aniqlangan. Omonqo’ton g’orida yashagan odamlarning mehnat qurollari diorit, kvars va chaqmoqtoshdan yasalgan qirg’ichlar, tig’i qirrali qo’pol pichoqlar, nayzasimon tosh qurollar va nukleuslardan iborat (jami 140 ta tosh qurol topilgan). G’ordan ko’pdab hayvon (arxar, qo’ng’ir ayiq va boshqalar) suyaklari chiqqan; suyaklar uzunasiga yorilgan, ularda olovda kuyganlik izlari bor. Omonqo’ton g’ori O’zbekistondagi eng qadimgi manzilgohlardan bo’lib, fan uchun ahamiyati katta.