Nukleoproteidlar

Nukleoproteidlar — nuklein kislotalarning oqsillar bilan birgalikdagi kompleksi. Nukleoproteidlar tarkibiga kirgan nuklein kislotalarning xiliga qarab, dezoksiribonukleoproteidlar (DNP) va ribonukleoproteidlar (RNP) farqlanadi. DNP barcha hujayralar yadrolarida va mitoxondriyalarida, shuningdek, spermatozoidlarning boshchasida bo’ladi. DNP oqsillari gistonlar va protaminlar ko’rinishida bo’lib, DNK ikkitali spirali tarnovlarida joilashadi, ular DNK tuzilishini muvofiqlashtirib, faolligini oshiradi. Ko’pgina viruslar, informosomalar RNPdan tashkil topgan. Organizmda Nukleoproteidlarning biologik ahamiyati nuklein kislotalar (NK) ning funktsiyasiga bog’liq.