Nuklonlar, nukleonlar

Nuklonlar, nukleonlar — atom yadrosini tashkil qiladigan zarralar — proton va neytronlarning umumiy nomi. Proton va neytron massasi deyarli bir-biriga teng (tr=938,2 MeV va TP=939,5 MeV) bo’lgani, proton va neytron spini bo’lib, o’zaro kuchli ta’sirlarda bir xil zarradek ta’sirlangani uchun proton va neytron bitta zarra (nuklon)ning ikki elektr holati deb qaraladi. Nuklonlar, asosan, uchta kvant soni — barion zaryadi (V=1), ajiblik kvant soni (^=0) va izotopik Spin (/ = j) b-n ifodalanadi. Spinlari biror yo’nalish bo’yicha joylashgan Nuklonlar oqimi Nuklonlarning qutblangan dastasi deyiladi. Nuklonlarni qutblashning bir necha usuli mavjud. Masalan, sekin harakatlanuvchi Protonlarning qutblangan dastasini maxsus ion manbai yordamida olish; yadro va elektromagnit sochilish hodisasi natijasida nuklonlarni qutblash va hokazolar. Nuklonlarning turli xil sochilishi nuklon spinining yo’nalishiga va ta’sir qiluvchi kuchlarga bog’liq. Shuning uchun sochilishigacha nishonga tushuvchi qutblanmagan dastani qutblangan va qutblanmagan Nuklonlar oqimidan iborat deyish mumkin. Nishondan sochilgandan keyin esa bu ikki komponentning intensivligi bir-biridan farq qiladi, demak, Nuklonlarning qutblangan dastasini ajratib olish mumkin bo’ladi. Radio-to’lqinlar zarralarida ham qutblangan dastani hosil qilish mumkin. Bu zarralar energiyasi va intensivligi cheklangan (107-10′ nuklon/Exter dan kam) bo’lishiga qaramay, tez neytronlar dastasini olishda eng qulay vositadir. Nuklonlarning qutblangan dastasidan ko’pgina tadqiqot ishlarida, yadro kuchlarining o’zaro ta’sirlashuvchi zarralarning spinlariga bog’liqligini aniqlashda foydalaniladi.