Nukleotidlar, nukleozid-fosfatlar

Nukleotidlar, nukleozid-fosfatlar — nukleozidlarning fosforli efirlari. Nukleotidlar — nuklein kislotalar, kofermentlar va boshqa biologik faol birikmalarning tarkibiy qismidir. Ular tirik hujayrada erkin holda bo’lib, moddalar almashinuviaa muhim rol o’ynaydi. Nukleotidlar tarkibiga uglevod (riboza yoki dezoksiriboza), fosfor kislota va azot asoslari qoldiqlari kiradi. Adenin, guanin, gipoksantin, tsitozin, urasil va timinlar tabiatda keng tarkalgan purin va pirimidin asosli tabiiy Nukleotidlardir.