Numidiya

Numidiya (lotincha Numidia) – Shimoliy Afrikadagi qadimgi viloyat (hozirgi Jazoirning Sharqiy qismi). Aholisini numidiylar tashkil etgan. Miloddan avvalgi 201 yil Numidiyaning butun hududi yagona Masinissoy podshohligiga birlashtirilgan. Miloddan avvalgi 46 yil Rimning Numidiya Afrika provintsiyasiga aylantirilgan. Milodiy 429/430 yil — vandallar, 533 y.— vizantiyaliklar, 7-asrda — arablar tomonidan bosib olingan.