Nul

Nul (lotincha nullus — hech narsa), nol — 1) musbat sonlar bilan manfiy sonlar chegarasidagi son. Asosiy xossalari: a) a+0=a; b) ya-0=0; v) ikki sonning ko’paytmasi Nulga teng bo’lishi uchun ko’paytuvchilardan kamida bittasi Nulga teng bo’lishi zarur; 2) o’nli sanoq sistemasida yozilgan sonning biror xonasida birliklar olinmaganini ko’rsatuvchi raqam; 3) fizikada biror asbob shkalasining bo’limlari boshlanadigan nuqta.