Novorossiysk

Novorossiysk — Rossiya Federatsiyasi Krasnodar o’lkasidagi shahar. Qora dengizning muzlamaydigan Tsemesskaya qo’ltiqchasidagi port. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 204,3 ming kishi (1998). Novorossiyskga 1838 yilda asos solingan. 1973 yil Novorossiysk sentabrda Kaxramon shahar faxriy unvoni berilgan. Novorossiysk tsement sanoatining yirik markazi, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Davlat dengizchilik akademiyasi, tarixiy-o’lkashunoslik muzeyi bor. Aniq mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud.