Novus, naus

Novus, naus — zardushtiylarning ostodon (ossuariy)larini saqlash uchun loy, tosh, g’ishtdan qilingan inshoot. Zardushtiylarda o’liklarni yerga ko’mish, suvga tashlash, o’tda yoqish man qilingan. O’liklarni qoyalar, qumlar ustiga tashlab, daxmalarga qo’yib, yirtqich hayvon va qushlarga yedirganlar, suyagini ostodon yoki xum va xumchalarga solib, Novusda saqlaganlar. Novuslar 1,5 metr kenglikdagi uzun oxur.