Novshadil spirt, nashatir spirt

Novshadil spirt, nashatir spirt — ammiakning suvdagi 3-10% Tibbiyotda, asosan, 10% li ammiak eritmasi ishlatiladi. Hushdan ketganlarga hidlatiladi (burun-halqum shilliq pardasi nervlariga ta’sir etib, Markaziy nerv sistemasini qo’zg’atadi), alkogoldan zaharlanganlarni qustirish uchun yarim stakan suvga 5 tomchi tomizib ichiriladi. Terisi yog’li yuzni artish, yuz va qo’l terisini yumshatish uchun 0,5% li eritmasi qo’llanadi. Mikroblarga qarshi ta’sirga ega bo’lgani sababli Novshadil spirtdan ba’zan xirurgiya amaliyotida ham foydalaniladi.